TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston-Turkmaniston davlat chegarasini delimitatsiya qilish va Kaspiy dengizidagi baliqchilik zonalarining tutash uchastkalarini ajratish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
“Davlat rahbari “Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Qozog‘iston-Turkmaniston davlat chegarasini delimitatsiya qilish va Kaspiy dengizidagi baliqchilik zonalarining tutash uchastkalarini ajratish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qozog‘iston Respublikasi qonunini imzoladi”, deyiladi xabarda.
Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida 2021-yil 25-oktabr kuni Toqayevning Ashxobodga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuv imzolangan. Qozog‘iston parlamenti shu yil 20-oktabrda kelishuvni ratifikatsiya qilgan.
Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasining umumiy uzunligi 458 kilometrni tashkil etadi.