O‘zbek-tojik chegarasidagi nazorat o‘tkazish punkti 8 kunga yopiladi

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona postida qurilish ishlari olib boriladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. 5-12 noyabr kunlari Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona postida qurilish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatiladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Avvalroq, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek” avtomobil o‘tkazish punkti 1-dekabrdan yopilishi haqida xabar bergandik.