TOShKENT, 2 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimiga “bu yozda” kirishganini aytib, yana yanglishdi.
“Men yo‘lda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonidan o‘tayotgan edim: benzin 3,25 dollar edi va shu yozda lavozimga kirishganimda esa u 5 dollar edi”, - dedi AQSh prezidenti Floridadagi mitingda.
Ma’lumot uchun, Bayden 2020-yilgi saylovda g‘alaba qozongan.
Aslida benzin narxi bo‘yicha rekord yoz boshida qayd etilgan va inauguratsiya kuni esa bir gallon (3,785 litr) yoqilg‘ining o‘rtacha narxi ikki barobar arzonroq bo‘lgan. Shuningdek, Bayden o‘zidan oldingi prezident Donald Trampdan “xarob bo‘lgan iqtisod”ni olganini va hozir vaziyat yaxshilanayotganini aytdi.