TOShKENT, 2 noya — Sputnik. G‘arb global urushni qo‘zg‘atmoqda, faqat Rossiyaning g‘alabasi tinchlik garovidir, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
“G‘arb davlatlari dunyoni global urushga undamoqda. Va faqat Rossiyaning to‘liq va yakuniy g‘alabasi jahon mojarosiga qarshi kafolatdir”, - deya yozdi Medvedev o‘zining Telegram kanalida.
Postda “G‘arb davlatlarining mashhur tezisi” – “Rossiyaning urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, degan gap keltiriladi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy mantiqdan kelib chiqqan holda, Rossiya emas, Ukraina g‘alaba qozonsa, uning maqsadi ilgari unga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni qaytarish bo‘ladi. Bu, siyosatchining fikricha, Rossiya davlatining mavjudligi va mamlakatning qulashi uchun tahdiddir.
“Va bu Rossiya Federatsiyasining yadroviy cheklash sohasidagi davlat siyosati asoslarining 19-bandini qo‘llashning bevosita sababini anglatadi”, - deya qo‘shimcha qildi Medvedev.