TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Samarqandda somsa Rossiya prezidenti Vladimir Putin sharafiga nomlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Rossiya prezidenti sentabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Samarqand somsasining mazasini tatib ko‘rgandi.
“Bu somsa “putinka” deb ataladi. Uni Vladimir Putin kelib, tatib ko‘rgani uchun shunday nomladik. U somsani bajonidil yegandi”, - deydi somsapaz Aminjon Hamroqulov.