TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov Rossiya Federal Majlisi Federatsiya kengashining fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalar rivoji xususida to‘xtalib, jumladan, 2022-yil iyun oyida Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari yuqori saviyada o‘tkazilganini alohida e’tirof etildi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov Rossiya Federatsiya kengashining fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan uchrashdi
© O‘zbekiston Madaniyat vazirligi
Ilyas Umaxanov Rossiyada ko‘plab o‘zbekistonlik talabalar tahsil olishini, fan, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Rossiya hududlari bilan O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasida aloqani mustahkamlash, Dog‘istonda madaniyat forumi, Toshkentda esa Dog‘iston kunlarini o‘tkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuvda tomonlar sohadagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.