Rossiya BMT va Turkiya bilan don kelishuvi bo‘yicha muloqotni davom ettiradi – Mishustin

Mishustinning aytishicha, Rossiya eng muhtoj mamlakatlarga 500 ming tonnagacha don berishga ham tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiya kemalariga qilingan teraktdan so‘ng Rossiya Federatsiyasi Ukraina portlaridan don eksport qilish bo‘yicha kelishuvda ishtirok etishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, ammo u Istanbulda imzolangan kelishuvlar bo‘yicha BMT va Turkiya bilan muloqotni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.
“O‘tgan hafta oxirida Ukraina tomoni Sevastopol ko‘rfazi akvatoriyasida Rossiya kemalari va fuqarolik kemalariga qarshi terakt uyushtirdi. Endi yaratilgan gumanitar yo‘lak xavfsizligini kafolatlashning iloji yo‘q. Biz esa “don shartnomasi”dagi ishtirokimizni to‘xtatishga majbur bo‘ldik. Shunga qaramay, Istanbulda imzolangan kelishuvlar doirasida BMT va Turkiya bilan dolzarb masalalar bo‘yicha muloqotni davom ettiramiz”, dedi Mishustin.
Uning ta’kidlashicha, don bo‘yicha kelishuv istiqbollaridan qat’i nazar, bu yilgi hosilni hisobga olgan holda, Rossiya eng muhtoj mamlakatlarga 500 ming tonnagacha don berishga tayyor.