TOShKENT, 1 noya — Sputnik. 2022 yilning 1-noyabr kuni Qoraqalpog‘istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berdi.
Ular Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra Bosh prokuratura tomonidan ozodlikka chiqarildi.