O‘zbekistonda birinchi bepul professional vorkaut zonasi ochiladi

Qayd etilishicha, Workout Fest o‘zbekistonliklar orasida vorkaut madaniyatini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. 2-noyabr kuni Toshkentdagi Markaziy istirohat bog‘ida xalqaro Workout Fest bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga festival tashkiliy qo‘mitasi ma’lum qildi.
Festival doirasida O‘zbekistonda birinchi inklyuziv muhitga ega bepul professional vorkaut zonasi ochiladi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu maydoncha imkoniyati cheklanganlar uchun ham mo‘ljallangan.
Ma’lumki, Workout Fest o‘zbekistonliklar orasida vorkaut madaniyatini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Festivalda Xalqaro vorkaut federatsiyasi rahbarlari, strit-vorkaut sportchilari va badiiy gimnastika vakillari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, vorkaut – bu bruslarda, turniklarda, polda mashqlardir. Ba’zi elementlari gimnastikadan olingan, ba’zilari yangidan o‘ylab topilgan.