IIV ID-kartalar bo‘yicha fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekiston IIV muddati o‘tgan biometrik pasportlarni zudlik bilan shaxsni tasdiqlovchi kartalarga almashtirishni so‘ramoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga muddati o‘tgan biometrik pasportlarni zudlik bilan shaxsni tasdiqlovchi kartalarga almashtirishni so‘rab murojaat qildi.
Vazirlikning eslatishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID kartasiz yoxud haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashashi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
“Shuning uchun fuqarolardan muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda identifikatsion ID kartalarga almashtirishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bosqichma-bosqich ichki pasportlar o‘rnini egallayotgan ID-kartalar 2021-yil yanvaridan berila boshlandi. 2022-yil yanvar oyidan boshlab uni ro‘yxatga olish xizmati Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazlarida ham yo‘lga qo‘yildi.
ID-kartani olish uchun faqat pasport, ariza va davlat boji to‘lovi talab qilinadi. Amaldagi ichki pasport 2030-yil 31-dekabrgacha amal qiladi. Ularni ID-kartalarga almashtirish 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriy, 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Bir talay hujjat o‘rniga ID-karta