Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainalik qo‘poruvchilar kuchli moddalar ta’siri ostida zombiga o‘xshab qolishmoqda

Rossiyalik harbiyning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik qo‘poruvchilar o‘q tekkandan keyin ham zombilar kabi harakatlarishda davom etishgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Ukrainalik qo‘poruvchilar o‘q tegib paydo bo‘lgan yaralarni sezishmaydi, chunki ular kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’siri ostida bo‘lishadi. Bu haqda “Qrim” shartli nomli rossiyalik harbiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘poruvchilar o‘q tekkandan keyin ham harakatlanishda davom etishgan.
“Ya’ni o‘qlarimiz ularga borib tegadi, ular esa xuddi zombilarga singari harakatlanishda davom etishadi. Ular biror narsa iste’mol qilishadi, qandaydir preparat ta’sirida bo‘lishadi”, - deya taxmin qildi harbiy RIA Novosti bilan suhbatda.
Avvalroq asirga tushgan ukrainalik harbiylar ukrainalik jangarilar ko‘pincha jangovar vazifani bajarishga giyohvand moddalari ta’siri ostida borishgani va uch-to‘rt kunlab uxlamasliklari mumkinligini so‘zlab bergandi.