Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi - foto

G‘oliblarga: 1-o‘rin uchun 50 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 30 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 20 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ma’lum qildi.
29-30 oktabr kunlari mukofot jamg‘armasi 600 mln so‘m bo‘lgan “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Turnir doirasida shaxmat mavzusidagi savollar bilan “Zakovat” o‘yini ham o‘tkaziladi.
A, B, C, D, E guruhlar final g‘oliblari:
(A) 1-o‘rin — Javohir Sindorov;
(A) 2-o‘rin — Jahongir Vohidov;
(A) 3-o‘rin — Muhiddin Madaminov.
(B) 1-o‘rin — Xumoyun Begmuratov;
(B) 2-o‘rin — Oleg Artomenko;
(B) 3-o‘rin — Daler Vohidov.
(C) 1-o‘rin — Afruza Hamdamova;
(C) 2-o‘rin — Asrorjon Omonov;
(C) 3-o‘rin — Miraziz Kuziyev.
(D) 1-o‘rin — Islombek Sindorov;
(D) 2-o‘rin — Temur Shernazarov;
(D) 3-o‘rin — Akbarali Abduhakimov.
(E) 1-o‘rin — Madinabonu Halilova;
(E) 2-o‘rin — Abdumajid Botiraliyev;
(E) 3-o‘rin — Abdumalik Halilov.
Musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva va O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ham ishtirok etishdi.
“Shaxmatchilarimiz bu yil orzuimiz tomon ulkan qadam qo‘ydilar – O‘zbekiston tarixda ilk marotaba shaxmat bo‘yicha yetakchi 20 davlat qatoriga kirdi! Hayratga loyiq tomoni shundaki, biz bunga yoshlarimiz, yosh grossmeysterlarimiz sababli erishdik. Bu g‘alabani butun dunyo kuzatdi, xalqaro shaxmat hamjamiyati yigit-qizlarimizni olqishladi. Bir paytlar eng kuchli shaxmatchilarni boshqa davlatlardan taklif qilardik. Endi esa, o‘zimiz jahonning eng oldi qatoridamiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.
G‘oliblarga: 1-o‘rin uchun 50 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 30 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 20 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.
1 / 10
2 / 10
3 / 10
4 / 10
5 / 10
6 / 10
7 / 10
8 / 10
9 / 10
10 / 10