ShHT mamlakatlari hukumat rahbarlari muzokaralar o‘tkazishadi

Uchrashuv Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri raisligida 1-noyabr kuni onlayn bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo mamlakatlar hukumatlari rahbarlari onlayn uchrashuv o‘tkazishadi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Liszan ma’lum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Tadbir Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsan raisligida 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning hukumat rahbarlari va boshqa vakillari ishtirok etishadi.
ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
ShHTning Samarqand sammiti doirasida Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Belarusga ShHT to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, Misr va Qatarga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berildi. Bahrayn Podshohligi, Kuvayt, Maldiv, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanmaga – muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish jarayonlari ham boshlangan.