Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning to‘rtta o‘q-dori omborini yo‘q qildi

Xerson viloyatining Novaya Kamenka, Novoaleksandrovka, Donesk xalq respublikasining Terni va Kolodezi aholi punktlari hududlarida to‘rtta o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi, deyiladi xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi bir sutkada Ukraina qo‘shinlarining Zaporojye va Nikolayev viloyatlaridagi sakkizta qo‘mondonlik punktlariga zarba berdi, Xerson viloyati va DXRdagi to‘rtta dushman o‘q-dori omborini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriya Ukraina qo‘shinlarining Zaporojye viloyatining Omelnik, Preobrajenka, Zaliznichnoe va Gulyaypole aholi punktlari, shuningdek, Nikolayev viloyatining Bereznegovatoe, Kaluga, Chervoniy Yar, Muraxovka punktlariga zarba bergan. Bundan tashqari, 136 ta tumandagi otishma pozitsiyalaridagi 57 ta artilleriya bo‘linmasi, ishchi kuchi va harbiy texnikaga zarba berilgan.

“Xerson viloyatining Novaya Kamenka, Novoaleksandrovka, Donesk xalq respublikasining Terni va Kolodezi aholi punktlari hududlarida to‘rtta o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.