Rossiya dunyo bozorida ukrain g‘allasi o‘rnini bosishga tayyor - Kosachov

Rossiya Federatsiya kengashi vitse-spikeri Rossiyaning Ukraina g‘allasi o‘rnini bosishga tayyorligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt - Sputnik Rossiya mamlakatdagi yirik hosil tufayli dunyo bozorida Ukraina g‘allasi o‘rnini to‘liq qoplay oladi, deydi Rossiya Federatsiya kengashi vitse-spikeri Konstantin Kosachov.
Rossiya Sevastopolga hujum bo‘lgandan so‘ng g‘alla kelishuvida ishtirok etishni to‘xtatgan edi.

“Eng kamida 50 mamlakat, jumladan, Afrikaning eng kambag‘al mamlakatlari donimizga muhtoj. Katta hosil tufayli Rossiya dunyo bozorida Ukraina g‘allasi o‘rnini to‘liq qoplashga tayyor. Ushbu yilda bizning eksport salohiyatimiz 50 million tonnadan ortiqni tashkil etadi”, - deb yozadi siyosatchi o‘z Telegram-kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Istanbul kelishuvlaridan tashqari, qariyb 10,5 million tonna g‘alla allaqachon Osiyo va Afrika mamlakatlariga yetkazilgan.
“Biz bundan ham ko‘proq, hatto bepul bo‘lsa ham g‘alla yetkazib berishimiz mumkin edi. Biroq G‘arbning mag‘rurligi- Rossiyaga qarshi sanksiyalari chindan ham ish bermoqda- faqat dunyodagi och qolgan odamlarga ta’sir qilyapti”, - deydi Kosachov.