Mafiya rejimi: fransuz siyosatchisi Zelenskiyning yangi talabidan darg‘azab bo‘ldi

Ukraina prezidentining Yevropa ittifoqidan 38 milliard dollar talab qilgani fransuz siyosatchisining g‘azabini qo‘zg‘adi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt - Sputnik Fransuz siyosatchisi Florian Filippo Yevroittifoqdan katta miqdorda pul so‘ragan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi.
“Zelenskiy yana 39 milliard dollar so‘ramoqda! (Yevrokomissiya rahbari) Ursula fon der Lyayen va Germaniya YeI shuncha pul berishni istashmoqda, demak, Fransiya ham qandaydir miqdorda! Yetar! Qachongacha biz urushni istaydigan mafiya rejimi uchun xonavayron bo‘lishimiz kerak?!”, - deb yozadi u Twitter da.
Oktabr o‘rtasida Ukraina yetakchisi Jahon banki hamda Xalqaro valyuta fondi konferensiyasida kelgusi yil budjet taqchilligini bartaraf etish uchun Kiyevga 38 milliard dollar kerak bo‘lishini aytdi. Biroq, Xalqaro valyuta fondi Ukrainaning tashqi moliyalashtirish ehtiyojlarini oyiga 3-4 milliardga baholagan edi.
Yevrokomissiyaning ma’lum qilishicha, joriy yilda Yevropa moliya institutlari Kiyev rasmiylariga harbiy qurollarni hisobga olmaganda, deyarli 20 milliard yevro ajratgan.