Toshkentdagi ayrim ko‘chalar ma’lum muddatga yopiladi

Poytaxt ko‘chalarining birida bugun soat 10:00 dan 30-oktabr soat 00:00ga qadar yo‘l harakati vaqtincha cheklanadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Bugun Toshkentdagi Beruniy ko‘chasining Saqichmon va Laylito‘g‘on ko‘chalari kesishmasidan Paxta ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘i yopiladi. Bu haqida poytaxt hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, mazkur ko‘chada yo‘l-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli bugun soat 10:00 dan 30-oktabr soat 00:00 ga qadar yo‘l harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkentdagi ayrim ko‘chalar ma’lum muddatga yopiladi
Xabarda haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.