Talabalar shifoxonalardagi vakant lavozimlarga qabul qilinadi - SSV

Shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat berildi
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 1-noyabrdan shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat beriladi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi.
“Hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, u yerga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 1-oktabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 1-noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi”, deyiladi xabarda.
Tibbiy yo‘nalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini biriktiriladi.