Saraton kasalligini aniqlashning yangi usuli topildi

Mazkur yangilik tanadagi xavfli o‘simta hujayralari mavjudligini tekshirishga asoslangan.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Belarus fanlar akademiyasi olimlari qon tahlili orqali saraton kasalligini aniqlash usulini topdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Mazkur yangilik tanadagi xavfli o‘simta hujayralari mavjudligini tekshirishga asoslangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sog‘lom kishilarda bunday hujayralar uchramaydi. Chunki ular organizmda shishlar o‘sishi natijasida paydo bo‘ladi.
“To‘g‘ri, yangi diagnostika usuli saraton o‘smalari bemor tanasining aynan qaysi nuqtasida shakllanganini bilish imkonini bermaydi. Biroq bu oson va samarali tashxislash yo‘li bilan kasallik rivojlanishi xavfini erta bosqichda aniqlash mumkin”, deyiladi xabarda.
Hozirgacha ushbu yangilik 500-martaga yaqin klinik sinovdan o‘tkazildi va samaradorligi tasdiqlandi.