Bu qiziq

Quyoshning “tabassumi” nimani anglatadi?

NASA e’lon qilgan kulib turgan quyosh surati tarmoqlarda keng ommalashdi
Sputnik
TOShKENT, 29 okt - Sputnik NASA e’lon qilgan kulib turgan quyosh surati tarmoqlarda keng ommalashdi. Mutaxassislarning aytishlaricha, bu quyoshda siklik chaqnash hodisalari faollashganidan dalolat beradi.
Chaqnashlardan ajralib chiqayotgan plazma yerda magnit bo‘ronlar faolligini oshiradi. Magnit bo‘ronlar orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar, radiotarmoqlar va GPS ishiga xavf tug‘diradi.
Xususan, 30-31 oktabr kunduz kunlari respublika hududlarida 4 ballik magnit bo‘ron xavfi e’lon qilinmoqda. Bu yuqori darajali xavf emas, ammo ko‘pchilik o‘zida uning ta’sirini bilinar bilinmas his qilib turadi.
Shuningdek, 30 va 31-oktabr kunlari hududlarga past bosimli havo oqimi kelishi kutilmoqda. Bu siklonik jarayon bo‘lib, atmosfera bosimi pasayishiga olib keladi.