TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Kiberxavfsizlik markazi uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha davlat va mahalliy hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlik darajasini reyting baholash natijalarini e’lon qildi.
Davlat organlari o‘rtasida birinchi o‘rinni Markaziy bank, ikkinchi o‘rinni Adliya vazirligi, uchinchi o‘rinni esa Davlat bojxona qo‘mitasi egalladi.
Axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha eng yaxshi 10 talikka quyidagilar kirdi:
1.
Markaziy bank – 99,1 ball2.
Adliya vazirligi - 97.9 ball3.
Davlat bojxona qo‘mitasi - 97.6 ball4.
Asaka bank - 95.5 ball5.
Davlat statistika qo‘mitasi - 95.2 ball6.
Mikrokreditbank - 95.1 ball7.
Xalq banki – 94 ball8.
O‘zsanoatqurilishbank - 93.6 ball9.
Aloqabank - 93.1 ball10.
Ipoteka-bank - 92.4 ballUndan keyingi o‘rinlardan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Namangan viloyati hokimligi va Davlat aktivlari agentligi joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar 6 trillion dollardan oshgandi. Bugungi kunda energetika, sanoat, mudofaa, davlat boshqaruvi sohalari eng ko‘p hujumga uchramoqda.