Rossiya Sevastopol akvatoriyasidagi teraktdan so‘ng “g‘alla kelishuvi”dagi ishtirokini to‘xtatdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“29 oktabr kuni Kiyev rejimi tomonidan Britaniya mutaxassislari ishtirokida Qora dengiz floti kemalari va “g‘alla yo‘lagi” xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan fuqarolik kemalariga qarshi amalga oshirilgan terrorchilik harakatini hisobga olgan holda Rossiya tomoni Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishni to‘xtatadi”, - deyilgan Mudofaa vazirligi bayonotida..
Bugun ertalab Qora dengiz flotining kemalari Sevastopol ko‘rfazi suvlarida havo va yer usti tipidagi dronlarning hujumini qaytardi.
Shahardagi obyektlarga ziyon yetkazilmadi. Hujum bir necha soat davom etdi, Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev buni maxsus operatsiya boshlanganidan beri eng keng qamrovli deb atadi.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, terakt Ukrainaning 73 - dengiz operatsiyalari maxsus markazi harbiylari tomonidan amalga oshirilgan.
Ularga Nikolayev viloyatining Ochakov shahrida joylashgan britaniyalik mutaxassislar rahbarlik qilishdi.