TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Filippinda sodir bo‘lgan “Nalgae” to‘foni oqibatida 33 kishi jabrlandi, 72 kishi esa halok bo‘ldi. Bu haqida RIA Novosti Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha milliy kengash hisobotiga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yana 14 kishi bedarak yo‘qolgan. 12 mingga yaqin fuqaro uylarini tark etib, evakuatsiya markazlariga joylashdi. Umuman olganda, favqulodda holatdan 181 mingdan ortiq odam jabrlangan.
Filippindagi to‘fon oqibatida 71 ta yo‘l, 16 ta ko‘prik va 58 ta dengiz porti zarar ko‘rgan.