TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning siyosatchi sifatidagi kunlari sanoqli, u qochish haqida o‘ylashi kerak. Bu haqida Rossiya Davlat dumasining Qrim viloyatidan deputati Mixail Sheremet RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Zelenskiyning siyosatchi sifatidagi kunlari sanoqli. U allaqachon qochish haqida o‘ylashi kerak", deydi Sheremet.
Uning fikricha, yaqin oylarda dunyoda siyosiy kuchlar muvozanatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
“Kiyevning jinoiy rejimi endi o‘zining g‘arb xo‘jayinlariga kerak bo‘lmaydi va u Zelenskiy va uning korrupsion guruhlari xaosga botgan Ukrainadan qochishga majbur bo‘ladi”, deya xulosa qildi deputat.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Qurolli kuchlarning vazifasi Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlashdan iborat.