TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik shifokorlar Qozog‘istonning Otmaota shahrida o‘tkazilgan “Chegara bilmas hamdo‘stlik” 1-Yevrosiyo forumida ishtirok etishdi.
Mazkur forum Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston va boshqa bir qator mamlakatlarning noyob kasalliklarni tashxislash va davolash sohasidagi taniqli shifokorlarni bir joyga jamladi.
Forum tashkilotchilari va ishtirokchilarining ta’kidlashicha, turli mamlakatlardan kelgan hamkasblarning har bir ishtirokchi kasalliklarni tashxislash, oldini olish va davolashning eng zamonaviy usullari bilan o‘rtoqlashgani katta amaliy foyda beradi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar turli mamlakatlar shifokorlariga nafaqat ayrim noyob kasalliklarning mavjudligini o‘z vaqtida va tezroq aniqlashga, balki ular bilan samarali kurashishga yordam beradi.
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mustaqil genetiki Sergey Kutsevning so‘zlariga ko‘ra, kam uchraydigan kasalliklar zamonaviy tibbiyotning asosiy muammolaridan biridi hisoblanadi. Ularning har biri kamdan-kam bo‘lishiga qaramay, jami yetti mingga yaqin. Va ularni samarali davolash uchun, birinchi navbatda, erta tashxis qo‘yish va oldini olish kerak.
Qayd etilishicha, Yevroosiyo Tibbiyot genetiklari assotsiatsiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanadi. Mazkur hujjat forumda ishtirok etuvchi mamlakatlarda neonatal skrining o‘tkazishni rivojlantirish va ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishga yordam beradi.