Ostonada MDH davlatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi - video

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 10dan ortiq hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Ostonada MDH davlatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.
Yig‘ilishda Bosh vazirlar Alixan Smailov (Qozog‘iston), Ali Asadov (Ozarbayjon), Roman Golovchenko (Belarus), Oqilbek Japarov (Qirg‘iziston), Mixail Mishustin (Rossiya), Kohir Rasulzoda (Tojikiston), Abdulla Aripov (O‘zbekiston) ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Armaniston vitse-prezidenti Megri Grigoran, Turkmaniston vitse-prezidenti o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov ham qatnashmoqda.
Bu 1991-yildan beri 80-uchrashuv. Bu yilning hisobiga esa ikkinchisi – avvalgisi may oyida onlayn tarzda o‘tkazilgan. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 10dan ortiq hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.