MDH Bosh vazirlari raqamli transformatsiya konsepsiyasini tasdiqlashdi

Konsepsiya MDH davlatlari uchun qanday ahamiyatga egaligi haqida materialimizda o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Qozog‘istoning Ostona shahrida MDH Hukumat rahbarlari kimyo kompleksi tarmoqlarini raqamli transformatsiya qilish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar rejasi tasdiqlashdi. Bu haqida MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, konsepsiya MDHga a’zo davlatlarning kimyo sanoatini raqamli transformatsiyasini rivojlantirish maqsadlari, tamoyillari, mexanizmlari va o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha jamlangan pozitsiyasini aks ettiradi.
Kimyo majmuasini raqamli o‘zgartirish bo‘yicha umumiy qarashni shakllantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish, kimyo sanoatida raqamli platformalarni yaratish, rivojlantirish va qo‘llash Konsepsiyada aks ettirilgan asosiy vazifalardan sanaladi.
Rejada davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, yagona normativ-huquqiy makon va standartlarni yaratish, tarmoqlararo darajada kimyo sanoatining raqamli transformatsiyasini boshqarish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish tizimini barpo etish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan.
Konsepsiya va Rejani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar Hamdo‘stlikda tashkil etilgan Sanoat siyosati bo‘yicha kengash, shuningdek, MDH davlatlarining tegishli davlat organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.