“AQShning qudrati tugadi”: britaniyaliklar Putinning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlashdi

Daily Mail nashri o‘quvchilari Putinning “Valday”dagi nutqidan hayratlanishdi va uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlashdi
Sputnik
TOShKENT, 28 okt - Sputnik Britaniyaning Daily Mail gazetasi o‘quvchilari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning G‘arb endi insoniyatga o‘zining talablarini o‘tkazmasligi haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatlashdi.
“Putin mutlaqo haq. G‘arbning shafqatsizligidan xalos bo‘lgan dunyo jannatga aylanar edi”, - deb yozadi o‘quvchi.
“G‘arb, ayniqsa, AQSh Vyetnamdagi urushdan boshlab o‘n yillab bombalab, dunyoga o‘zining demokratiyasini o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Ular bosib olgan va vayron qilgan mamlakatlarga bir qarang”, - deb yozmoqda ulardan biri.
“Amerika va G‘arbga o‘z o‘rnini ko‘rsatib qo‘yish kerak”, - deydi uchinchisi.
“Rossiya AQShning global hukmronligiga nuqta qo‘yadi”, - deya yozmoqda yana biri.
“AQShning qudrati tugadi, ammo Vashingtonda buni hali anglab yetishmadi”, - deydi boshqa o‘quvchi.
“G‘arbning hukmronligi tugab borapti. Umid qilamizki, Amerika hech qanday ahmoqlik qilmasdan o‘z hukmronligidan voz kechadi”, - xulosa qilgan yana bir britaniyalik.
Kuni kecha “Valday” xalqaro munozara klubida nutq so‘zlar ekan, Putin G‘arb endi dunyoga o‘zining talablarini o‘tkazishga qodir emasligini, biroq hamon shunga harakat qilayotganini aytdi. Ammo, ko‘p xalqlar bunga ortiq toqat qilishni istamaydi, degan edi Rossiya yetakchisi.