TOShKENT, 27 okt - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiya Kengashining oliy mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
"Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning qaroriga asosan, komissiyamizning raisi O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Salixovich Safoyev Federatsiya Kengashining oliy mukofoti - "Parlamentarizm sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun" faxriy belgisi bilan. Mukofotni Valentina Ivanovna topshiradi", - deyilgan xabarda.
Sodiq Safoyev 1954-yil 3-fevralda Toshkentda tug‘ilgan. U 1976-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu muassasada o‘qituvchilikdan mehnat faoliyatini boshlagan.
U faoliyati davomida qator idora va vazirliklarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, O‘zbekiston prezidenti devonining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘limida yetakchi konsultant, bo‘lim mudiri, Tashqi ishlar vaziri, bir qator xorijiy davlatlarda mamlakatning favqulodda va muxtor elchisi, prezidentning davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi, Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Safoyev 2015-yildan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari.