TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Putin: millatchilar kitoblarni yoqishgandi, G‘arb esa hozir Dostoyevskiy va Chaykovskiyni taqiqlashgacha yetib bordi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“O‘z vaqtida millatchilar kitoblarni yoqib yuborishgacha borishgandi, endi esa G‘arbning liberalizm va taraqqiyot homiylari Dostoyevskiy va Chaykovskiyni taqiqlashgacha borishdi. Madaniyatni bekor qilish, biz bu haqda ko‘p gapirganmiz, u barcha haqiqiy va ijodlarni chiqarib tashlaydi, erkin fikrlashning hech bir sohada rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi – na iqtisodotda, na siyosatda, na madaniyatda”, - dedi Putin.
“Valday”klubining bu yilgi yig‘ilishida 41 mamlakatdan 111 nafar ekspert, siyosatchi, diplomat va iqtisodchilar qatnashmoqda.