TOShKENT, 27 okt — Sputnik. G‘arb mamlakatlari olib borayotgan siyosat qonli va jirkanch, u mamlakatlar va xalqlar suverenitetini inkor qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Dunyo ustidan hukmronlik – bu G‘arbning o‘z o‘yinida tikkan pulning xuddi o‘zi, biroq bu o‘yin, shubhasiz, xavfli, qonli va, men aytgan bo‘lardimki, jirkanch. U mamlakatlar va xalqlar suverenitetini, ularning o‘ziga xosligi va nodirligini inkor qiladi. Boshqa davlatlar manfaatlarini sariq chaqaga olmaydi, - dedi Rossiya rahbari.
“Valday”klubining bu yilgi yig‘ilishida 41 mamlakatdan 111 nafar ekspert, siyosatchi, diplomat va iqtisodchilar qatnashmoqda.