Hech kim Rossiyaga qanday jamiyat qurish kerakligini buyurolmaydi – Putin

Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Hech kim Rossiyaga qanday jamiyat qurish kerakligini buyurolmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Hech kim bizning xalqimizga qanday jamiyat va qanday tamoyillar asosida qurish kerakligini buyurolmaydi”, - dedi Putin.
“Valday”klubining bu yilgi yig‘ilishida 41 mamlakatdan 111 nafar ekspert, siyosatchi, diplomat va iqtisodchilar qatnashmoqda.