O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi

Prezidentlar Ostonada O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqishdi..
Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti doirasida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentlar O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqishgan.
Shavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v sammite "Sentralnaya Aziya – Yevropeyskiy Soyuz" vstretilsya s Prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim.
Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi sohalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 11-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.