TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Milliy valyutalarga o‘tishi sur’ati o‘sib boradi, bunday hisob-kitoblari ustun bo‘lib boradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Milliy valyutalardagi hisob-kitoblarga o‘tish faol o‘sib boradi. Muqarrar. Bu, albatta, bu valyutalarning emitentlari holati darajasi, ularning iqtisodiyoti holatiga bog‘liq, lekin mustahamkamlanadi. Va bunday hisob-kitoblar, shubhasiz, asta-sekin ustunlikni qo‘lga oladi”, - dedi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qutbli dunyoning suveren iqtisodiy va moliyaviy siyosatining mantiqi shunaqa.
“Valday”klubining bu yilgi yig‘ilishida 41 mamlakatdan 111 nafar ekspert, siyosatchi, diplomat va iqtisodchilar qatnashmoqda.