TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Sovet Ittifoqining parchalanishi geosiyosiy kuchlar muvozanatini ham buzdi. G‘arb o‘zini g‘olib sifatida his qildi va bir qutbli dunyo tartibini e’lon qildi, unda faqat uning irodasi, madaniyati, manfaatlari mavjud bo‘lish huquqiga ega edi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday ekspertla forumida so‘zlagan nutqida.
Endi G‘arbning jahon ishlarida yakkaxon hukmronligining ushbu tarixiy davri nihoyasiga yetmoqda, bir qutbli dunyo o‘tmishga aylanib bormoqda. Biz, ehtimol, Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan beri eng xavfli, oldindan aytib bo‘lmaydigan va ayni paytda eng muhim o‘n yillik tarixiy bosqichda turibmiz.
G‘arb butun insoniyatni bir o‘zi boshqarishga qodir emas, lekin bunga jon-jahdi bilan harakat qilmoqda va dunyo xalqlarining aksariyati endi bunga chidashni xohlamaydilar. Bu yangi davrning asosiy ziddiyatidir. Klassik muallif so‘zlarini ishlatadigan bo‘lsak, vaziyat ma’lum darajada inqilobiydir: yuqori tabaqaning qo‘lidan kelmaydi, quyi tabaqala esa istamaydi.
Bu holat global mojarolar yoki butun bir zanjir mojarolari bilan to‘la bo‘lib, bu insoniyatga, shu jumladan G‘arbning o‘ziga ham tahdiddir. Bu qarama-qarshilikni konstruktiv, hal etish – bugungi kunning asosiy tarixiy vazifasidir.
Umuminsoniy o‘zgarishlar davri - og‘riqli jarayon, ammo tabiiy va muqarrar. Kelajakdunyo tartibi bizning ko‘z o‘ngimizda shakllanmoqda. Yangi dunyo tartibida biz hech kimga o‘z nuqtayi nazarimizni yuklamasdan, faqat hammani eshitishimiz, har bir nuqtayi nazarni, har bir xalqni, jamiyatni, madaniyatni, dunyoqarash tizimi, g‘oyalar va diniy e’tiqodlarni hisobga olishimiz kerak. Dunyo taqdiri uchun mas’uliyatni tushungan holda, xalqlar taqdiri, sayyora, insoniyat sivilizatsiyasi simfoniyasini qurishimiz kerak.