Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Oxirgi marta Markaziy bank iyuldagi yig‘ilishda asosiy stavka yillik 16 foizdan 15 foizgacha pasaytirgandi. Shunday keyin asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Tegishli qaror Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi.
"Yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga "Pul-kredit siyosatining 2023-yil va 2024-2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi” ham ko‘rib chiqilib ma’qullandi.
Eslatib o‘timiz, Markaziy bank sentabrda ham asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan edi. Ta’kidlash joizki, oxirgi marta bank boshqaruvining iyuldagi yig‘ilishida asosiy stavka yillik 16 foizdan 15 foizgacha pasaytirilgandi.