Sherzod Shermatov Aloqa sohasidagi Mintaqaviy hamdo‘stlik raisi bo‘ldi

ASMH kengashiga raisi lavozimiga birinchi marotaba O‘zbekiston vakili saylandi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashi (ASMH) raisi etib saylandi.
“AKT vazirining ushbu kengash raisi etib saylanishi O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha vazifani amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bugun Samarqandda Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashining qo‘shma 58-majlisi va MDHga a’zo davlatlarning MDH huzuridagi Axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 28-majlisi yakunlandi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ASMH kengashini 30-yildan ortiq Rossiya vakili boshqargan. O‘zbekiston vakili ushbu tashkilotga birinchi marotaba rais etib saylangan.
Sherzod Shermatov