TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar haykaltaroshlari tomonidan yaratilgan asarlar o‘rnatildi. Bu haqida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xabar berdi.
Mazkur haykallar ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun Rossiya, Eron, Hindiston, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan ijodkorlar tomonidan yaratilgan.
Haykaltaroshlar
© O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
“Shahardagi "Vatanparvar" bog‘ida 7 nafar xorijiy va 7 nafar mahalliy haykaltarosh Zarband marmari, metall va materialda ajoyib haykaltaroshlik asarlarini yaratishgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, ShHT sammiti davomida “Samarqand ruhi” loyihasi doirasida 10-avgustdan 10-sentabrga qadar Samarqandda “Xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi” bo‘lib o‘tgan edi.