Rossiyada kompyuter o‘yinlari nazorati kuchaytiriladi - yangi qonun

Yangi qonun "kompyuter o‘yini ta’sirida ijtimoiy og‘ir qilmishlarning oldini olish uchun zarur" deyiladi Roskomnadzor axborotida.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Rossiya Iqtisodiy rivojlanish, Sog‘liqni saqlash va Raqamli Rivojlanish vazirliklari hamda "Roskomnadzor" axborot sohasini nazorat qilish organi birgalikda, kompyuter o‘yinlarni sotuvga chiqarishga ruxsat berish, yoshiga doir majburiy markirvka qilish to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqmoqda, deb yozmoqda RIA Novosti.
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, “Axborot to‘g‘risida”gi va “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Yangi qonunda tarqatilishi taqiqlangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan video o‘yinlarni chiqarish va sotishni taqiqlash nazarda tutilgan.
O‘yinlarning yoshiga oid yorliqini belgilashda kompaniyalar ekspert tashkilotlarining fikriga tayanadilar. Ekspert tashkilotlari ro‘yxati Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan yuritiladi, ularni tanlash mezonlari esa Roskomnadzor tomonidan tayyorlanadi. Hujjat 2024-yil 1-martdan kuchga kirishi rejalashtirilgan.
Roskomnadzor mutaxassislari tushuntirishiga ko‘ra, ayni damda Rossiya qonunchiligida kompyuter o‘yinlarining tartibga soluvchi maxsus holatlar belgilanmagan. Yangi qonun loyihasidan ko‘rinib turibdiki, o‘zgartirishlar “fuqarolar salomatligi uchun kompyuter o‘yinlari tarkibi xavfsizligini ta’minlash” va “o‘yin mazmuni ta’sirida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish” uchun zarur.
OAV tomonidan tilga olingan bozor ishtirokchilari, agar ular Rossiya regulyatorlarining talablariga rioya qilishdan bosh tortsa, bu xorijiy o‘yin tarqatuvchi kompaniyalar saytlarni blokirovka qilinadi.
Ma’lumot uchun, Ukrainada Rossiya harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Steam va PlayStation xorijiy kompaniyalari rossiyalik foydalanuvchilarga litsenziyalangan o‘yinlarni sotishni cheklab qo‘ydi. Xorijiy o‘yin platformalariga muqobil sifatida Rossiyada tashkil etilgan My.Games va VK Play paltformalari rivojlanmoqda.