Qandli diabet hozirgi kunda tibbiy, iqtisodiy, ijtimoiy global muammolardan biri.
Xalqaro diabet federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda sayyorada 537 mln qandli diabetga chalinish qayd etilgan. 2045-yilga kelib bu ko‘rsatkich 783 mln.ga yetishi mumkin. Qandli diabet o‘lim sabablari bo‘yicha yurak va saraton kasalliklaridan so‘ng dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.
Qonda shakar miqdorini eng ko‘p oshiradigan mahsulotlar:
1. Uglevodli mahsulotlar:
shakar
asal
murabbo
marmelad
shirin ichimliklar
shokolad
muzqaymoq
2. Undan tayyorlangan mahsulotlar:
non
lavash
makaronlar
guruch.
Xo‘sh, qandli diabetdan qanday saqlanish mumkin?
Barcha kasalliklarning samarali profilaktikasi kabi qandli diabetda, kasallikdan saqlanish uchun avvalo
1. Turmush tarzini o‘zgartirish lozim:
rafinadlangan uglevodlar va shakarni kamroq iste’mol qilish,
muntazam sport bilan shug‘ullanish,
tana vaznini nazoratda tutish,
ko‘proq suv ichish,
stressdan uzoqroq bo‘lish.
2. To‘g‘ri ovqatlanish kerak:
sabzavotlar
mevalar
yog‘siz sut mahsulotlari
baliq
tovuq go‘shti
yog‘siz qoramol go‘shti
Jumladan, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik shart.
Bolalar orasida ham qandli diabet holatlari ortib bormoqda
JSST ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 1,2 mln bolalar va o‘smirlar diabetning birinchi turi bilan og‘rigan.
U bolalarda o‘smir yoshligida tezroq uchramoqda, shu sababli u o‘smirlar kasalligi deb ham ataladi. Ta’kidlash joizki, chaqaloqlarda ham diabetga chalinish holatlari kuzatilmoqda. O‘rtacha sakkiz yoshda bolalar ushbu kasallikka chalinishmoqda.
Mutaxassislarning aytishlaricha, qonda shakar miqdorini oshiruvchi (gazlangan shirin ichimliklar, tayyor mevali sharbatlar, oq undan tayyorlangan mahsulotlar, non, guruch), qayta ishlangan qizil go‘sht mahsulotlari (kolbasa, sosiska), to‘yingan transog‘lar, paketlangan ichimliklar va mahsulotlar oshirishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu mahsulotlarni har kuni iste’mol qilish saratonning 2 turiga chalinish xavfini 70% ga oshiradi.