Ukraina harbiylari Dnepropetrovskdagi “Zapad-1” lagerida harbiy asirlarni tahqirlashmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Ukraina asirligidan qaytgan DXR harbiy xizmatchisi Vladislav Yegilniskiy so‘zlab berdi.
“Juda qattiq tahqirlashardi. <…> Havo trevogasi e’lon qilinganda odamlarni tiz cho‘kishga majburlashardi yoki to‘rt soat gimn ayttirishardi. Aynan u yerda tahqirlashardi, xo‘rlashardi”, - dedi u.
Shuningdek, Yegilniskiy lager rahbariyati saqlanish sharoitlari ustidan BMT va Qiziq Xochga shikoyat qilishni taqiqlagan. Bir kishining shikoyati sabab ukrainalik harbiylar butun otradni 500-marta o‘tirib turish mashqini bajarishga majburlashgan.
Harbiy asirlar sanoat zonasidagi ishlar bilan shug‘ullanishgan, olma uchun quti yasashgan, tarasha maydalashgan hamda sovg‘a paket tayyorlashgan.
Yegilniskiy saqlangan “Zapad-1” koloniyasi faqat harbiy asirlar uchun birinchi lager. Ukrainaning boshqa hududlarida rossiyalik harbiylarni SIZO va qamoqxonalarda ushlab turishadi.