Ko‘mir arzonga tushadi - issiqxonachi tadbirkor Umarov

Energetika vazirligi qish mavsumi oldidan tabiiy gazda ishlaydigan tadbirkorlarni muqobil energiya manbaalariga o‘tish zarurati haqida ogohlantirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Tadbir doirasida, Energetika vazirligi, “O‘zneftgazinspeksiya”, “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanidagi ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Teplitsa v Tashkentskoy oblasti
Toshkent viloyati Birlik mahallasida joylashgan “Komolabegim Agro Food” MChJga qarashli issiqxona 2019-yildan buyon tabiiy gaz o‘rniga ko‘mirdan to‘la foydalanib kelmoqda.
“Issiqxona 2017-yil tashkil etilgan bo‘lib, 2019-yil to‘liq ko‘mir bilan ishlay boshlagan. Ko‘mirning maykube, shikarbo‘l kabi navlari Qozog‘istondan olib kelinadi”, - deydi issiqxona direktori Abdushukur Umarov.
Issiqxona maydoni 6 gektar, sabzavotlarni yetishtirishda selitra, kalsiy, temir o‘g‘itlari ishlatiladi. Bu yerda asosan pomidor va boshqa sabzavotlar yetishtiriladi.
Teplitsa v Tashkentskoy oblasti
“Asosiy mijozimiz - Rossiya, biz yiliga 600-700 tonna pomidor eksport qilamiz. Pomidorning pinkparadays, alamina navlarining bozori chaqqon. Qishki mavsumga saqlanadigan sabzavotlar yetishtirayotganda asosan ularni uzoqroq saqlanishini o‘ylaymiz. Ko‘mir orqali haroratning saqlanishi bu borada qo‘l keladi”, deydi tadbirkor Abdushukr Umarov.
Teplitsa v Tashkentskoy oblasti

Arzon yoqilg‘i

Tadbirkor aytishiga ko‘ra, ko‘mir tabiiy gazga nisbatan arzon yoqilg‘i bo‘lib, mahsulot tannarxining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Issiqxona mahsulot yetishtirish uchun mavsum davomida o‘rtacha 432 mln so‘m harajat qilgan holda 1 mlrd 320 mln so‘m daromad oladi. Bunda sof foyda 885 mln so‘mni tashkil etadi.
Ko‘mirning ekologiyaga ta’siri qanday degan savolga “O‘zneftgazinspeksiya” inspeksiyasi mutaxassisi javob berdi.
Teplitsa v Tashkentskoy oblasti
“Ekologiya nuqtayi nazaridan olganda, tabiiy gaz yoqilganda ko‘mir yonganidagi kabi yuqori haroratda azot oksidi ajralib chiqadi. Faqat ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish uchun tozalovchi qo‘shimcha uskunalar talab etiladi, ya’ni bu uskunalar atmosferaga chiqadigan zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qiladi”, – deydi “O‘zneftgazinspeksiya” inspeksiyasi mutaxassisi Bobur Nabiyev.
Ma’lumot uchun, Respublikada 1067 ta issiqxona bo‘lib, maydoni 2000 gektarni egallagan. Hozirda qish mavsumiga barchasi ko‘mir zaxirasini tayyorlash uchun ogohlantirilgan.
Teplitsa v Tashkentskoy oblasti