TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Ayrim davlatlar MDH hududida shantaj va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘rqitish taktikasidan foydalanmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH maxsus xizmatlari rahbarlari kengashida.
“Shantaj, bosim o‘tkazish, qo‘rqitish taktikasi hamdo‘stlikning deyarli bacha davlatlari hududida uzoq vaqtdan beri qo‘llanib kelinmoqda”, dedi Rossiya prezidenti.
“Shunday qilib, “rangli inqiloblar” ssenariylarini amalga oshirishga urinishlar to‘xtamayapti, millatchilik va ekstremizm xaritasi faol qo‘llanilmoqda, MDHning barcha davlatlarida xavfsizlikka bevosita tahdid soluvchi qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi”, - deya tushuntirdi Putin.
Ma’lumot uchun, bugun Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlari kengashining 51-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Delegatsiya rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishdi.