Melitopolda telekompaniya binosi oldida portlash sodir bo‘ldi

“ZaTV” telekompaniyasi binosi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida 5 kishi jabrlangan.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Zaporojye viloyati Melitopol shahridagi “ZaTV” telekompaniyasi binosi oldida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Telekompaniya binosi oldida seshanba kuni ertalab qo‘lbola portlovchi qurilma portlab ketgan. Portlash kuchidan bino derazalar singan, bir nechat qavatlardagi eshiklar zarar ko‘rgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishi jabrlangan.
Zaporojye viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy voqea joyiga kelib, portlash oqibatida yetkazilgan talofat zudlik bilan bartaraf etilishini ma’lum qildi.
“Odamlar qulay sharoitlarda o‘z ishlariga tezroq kirishishlari uchun bugun yetkazilgan zarar aniqlash va ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Shtab o‘z ishini davom ettirmoqda, yaqin orada yetkazilgan barcha talofatlarni bartaraf etamiz”, - dedi Baliskiy.
Rossiya Tergov qo‘mitasi “ZaTV” telekompaniyasi binosi oldida ro‘y bergan portlash yuzasidan surishtiruv o‘tkazishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, jinoyatga aloqador kishilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.