Matviyenko Samarqandga keladi

Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Samarqandda MDH PA sessiyasida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Samarqanddagi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasining (MDH PA) sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda MDH PA Kengashi kotibiyati matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Samarqandda 27-28 oktabr kunlari MDH PA Kengashining majlisi va 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Tashrif doirasida Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashadi hamda qator MDH PAga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.