TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi majlisi 24-oktabr kun bo‘lib o‘tdi va uni bosh vazir Mixail Mishustin olib bordi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Kengash qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berish, budjetni moliyalashtirish, narxlarni shakllantirish, yetkazib beruvchi va pudratchilarni tanlash, ixtisoslashtirilgan infratuzilmani yaratish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash bilan shug‘ullanadi, - deyilgan xabarda.
Bosh vazir aytishiga ko‘ra, (armiya ehtiyojlari uchun yetkazib berilayotgan mahsulotlar uchun - tahr.) hamma joyda yashil yo‘lak bo‘lishi, kelishmovchiliklar qisqa vaqt ichida hal etilishi kerak.
Kengash a’zolari oziq-ovqat va tibbiy masalalar bilan ham shug‘ullanadi – armiya zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlanishi, kiyim-kechak uchun nafaqa va zaxira dasturini zudlik bilan hal qilish kerak, dedi bosh vazir.
Muvfiqlashtiruvchi kengashdi ixtisoslashgan vazirliklar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shinlarga kerakli mahsulot yetkazib berishni ta’minlaydi.
Xususan sanoat va savdo vaziri ️Denis Manturov barcha turdagi qurol-yarog‘ va harbiy texnika, aloqa vositalari va boshqa bir qator masalalar uchun javobgar bo‘ladi.
Alohida hududlarda harbiy holat joriy etish haqida
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-oktabr kuni DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida harbiy holat, ushbu hududlarga qo‘shni bo‘lgan Qrim Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Belgorod, Bransk, Voronej, Kursk, Rostov viloyatlari va Sevastopol shahri hududlarida - o‘rtacha javobgarlik darajasi joriy etish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi.
Shuningdek, Rossiyaning qolgan barcha hududlarida ham turli tayyorlik darajalari joriy etilgan.
Undan tashqari, farmon subyektlarida Mudofaa, Ichki ishlar, Fuqarolik mudofaasi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari FXX hamda Milliy qo‘shinlar vakillari ishtirokida tezkor shtablar tashkil etishni ham nazarda tutadi.