G‘arb Kiyevning yadroviy provokatsiya uyushtirishiga “oq fotiha berdi”

Oktabr oyi so‘nggida xalqaro axborotlar foni yorqinlashmadi. Kecha Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shimcha optimizm uyg‘otmaydigan rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Sputnik
Bosh shtab turli razvedka ma’lumotlariga asoslanib, Ukraina nafaqat “chirkin” atom bombasini yaratish bo‘yicha ishlarni amalda yakunlagani, balki o‘z hududida foydalanishga tayyor (aniqrog‘i, g‘arblik xo‘jayinlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat olgan, deb o‘qilsin) ekanligini ham ma’lum qildi.
Shu yerda Kiyev axborotga zo‘r berib ushbu bayonotni inkor etishga tushdi va odatiga ko‘ra Rossiyani yadroviy zarba berishga tayyorgarlikda aybladi. Bu haqda keyinroq. Hozir esa fizikaning bir qator asosiy qoidalari va yaqin tarix faktlarini eslatib o‘tishni istardim.
“Chirkin bomba” atamasi, qanchalar ajablanarli bo‘lmasin, uranni ilk bor qurol darajasida boyitish bo‘yicha ish boshlanishidan bir necha yillar avval paydo bo‘lgan. G‘oyani amerikalik fantast - yozuvchi Robert Xaynlayn shakllantirgan. U bashorat qilish qobiliyati bilan tarixiy “Manxetten” loyihasining ishga tushirilishidan uch yil ilgari oldinlab ketgan. Shu bilan birga, Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari ustidan halokatli kuchini namoyish etgan “pokdomon” “hamkasb”idan farqli o‘laroq, “chirkin” yadro quroli maqbul va amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan nazariya bo‘limida qoldi. Albatta, yaxshilikka.
Radioaktiv “masalliq”qa ega bo‘lgan “chirkin bomba” bir vaqtning o‘zida ta’sir qilish mexanikasi jihatiga ko‘ra harbiy atom o‘q-dorilaridan tubdan farq qiladi. “Chirqin bomba”da portlovchi moddaning boshlang‘ich zaradi atom yadrosining bo‘linishining zanjirli reaksiyasini boshlaydi, bu havo massasining vayron qiluvchi mexanik ta’sirini va elektronikani o‘chirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan kuchli elektromagnit buzilishlarni hamda keyinchalik hududning radioaktiv yarimparchalanish davri mahsulotlari bilan ifloslanishini keltirib chiqaradi.
Oddiy yadro qurolining portlashi natijasida stronsiy-89, stronsiy-90, seziy-137, rux-64 va tantal-181 izotoplari hosil bo‘lib, tuproq, suv va inson tanasiga kirib, radiatsiya kasalligini keltirib chiqaradi. Katta dozalarda va zaifroq ta’sir qilishda ular qon va suyak iligining og‘ir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Kuchsiz ta’sir bilan esa qon va suyak iligining jiddiy kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bombaning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan xususiyati shundaki, yuqorida keltirilgan izotoplarning aksariyati juda qisqa yarimbuzilishlarga ega va atigi besh-o‘n yil ichida bomba bilan zararlangan hududni qayta tiklash mumkin. Misol tariqasida yana o‘sha Xirosima va Nagasakini keltirish mumkin: Amerika zarbasidan so‘ng to‘rt yil o‘tib aholi u yerlarga qaytdi va shahrini qayta tiklashni boshladi.
Klassik yadroviy bombani yaratish ilmiy va amaliy jihatdan nihoyatda murakkab va juda ko‘p mablag‘ talab qiladi. Hattoki hozirda ham juda kam mamlakatlar uranni qurol darajasida boyitish, shuningdek, taktik va strategik yetkazib berish vositalarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi ilmiy-texnik darajasiga erishgan. Yadroviy qurolga ega mamlakatlar atomga oid sirlarini qattiq qo‘riqlaydi va atom bombasiga ega mamlakatlar ro‘yxati ko‘paymasligida hayratlanarli birdamlik ko‘rsatishadi. Baribir, bu o‘sha KXDR dek mamlakatga o‘z yadroviy dasturini yaratishga halal bermadi.
O‘z navbatida “chirkin bomba” zaif yoki tanazzulga uchrayotgan mamlakatlar uchun juda jozibador. Ayniqsa, masalan, Ukraina uchun shunisi bilan jozibadorki, u qudratli ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish klasterini talab qilmaydi. Buning uchun shunchaki radioaktiv materiallar yoki shunday chiqindilarning ma’lum zaxirasi va nisbatan oddiy yetkazib berish vositasi, aytaylik, kemaga qarshi raketaning muqobili bo‘lsa kifoya. Bunday holatda raketa yoki artilleriya snaradining jangovar qismi bo‘linish zanjiri reaksiyasini boshlash uchun emas, balki faqat purkash va xavfli moddalarning maksimal tarqalishi uchun ishlatiladi. Garchi nihoyatda oddiy bo‘lsada, bu uslub radioaktiv elementlarning cheksiz diapozonidan, shu jumladan, yarim bo‘linish davri yuz va hatto ming yillar bo‘lgan elementlardan foydalanish imkonini beradi. Ya’ni shartli uran bilan to‘ldirilgan konteyner bilan portlatilgan hudud ko‘p avlodlarni avvaldan ifloslanishini kafolatlaydi. Tuproqni ham, suvli va o‘simlik qatlamini ham ifloslantiradi. Shu sababli bunday quroldan foydalanishga faqatgina o‘z raqibidan haddan tashqari nafratlanadigan, yoki har qanday qurbonliklarga, jumladan o‘z hududlari va fuqarolari salomatligini yo‘qotishga tayyor bo‘lganlar qodir bo‘lishi mumkin.
Ukraina holatida esa ikki shart ham to‘g‘ri kelgan.
Vladimir Zelenskiy kamerada halol va fojiakor ifoda yasayotganda, Ukraina yadro quroli haqida hattoki, “xayol ham surmagan” deyayotgan bo‘lsa ham yolg‘on gapirmoqda. Chunki 2022-yilning 19-fevralida, ya’ni maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldin, u Yevropada xavfsizlik bo‘yicha Munxen konferensiyasida Kiyev o‘zining yadroviy zarba berish salohiyatini tiklash uchun inkor etib bo‘lmaydigan huquqini saqlab qolishini ta’kidlagan edi. Maxsus operatsiyaning keyingi oylarida u G‘arbdagi homiylaridan Rossiyaga qarshi yadroviy zarba berishni talab qildi. Vaholanki, Rossiya hech qachon, biror marta bo‘lsa xam, hech qayerda rasmiy darajada birinchi bo‘lib bunday zarba berishga tayyorligi haqida aytmagan. Aslida esa Zelenskiy qit’alararo ballistik tabriklar almashinuvi natijasida sayyorada hech narsa tirik qolmasligi uzoq vaqtdan beri tasdiqlangan haqiqatni umuman mensimasdan, yadroviy urushga gijgijlamoqchi. Ukraina rahbarining Rossiya va rossiyaliklarga nafrati shu qadar kuchliki, u hatto buning maqsadida butun insoniyatni yo‘q qilib tashlashga tayyor.
“Chirkin bomba” yaratishga na xohishi, na jismoniy imkoniyatlari borligini ta’kidlayotgan Ukraina tomonining ham so‘zlarini shunday sovuqqonlik bilan qabul qilish kerak.
Hatto maxsus harbiy operatsiya jarayonida raketa va bomba zarbalari berish xaritasining eng yuzaki tahlili ham shuni ko‘rsatadiki, Moskva hali biror marotaba zarad ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta oladigan qandaydir xavfli korxonaga zarba bermagan. Bu holatda Ukraina haqida nima deyish mumkin?
Zaporojye AES ning o‘ziga Kiyev qurolli tuzilmalari artilleriya tizimlarining hammasi bilan 29 marotaba zarba berdi. Yana 10 marotaba stansiyaga uchuvchisiz apparatlarning zarbalariga duchor bo‘ldi. AES hududida Ukraina daryo desant qo‘shinlari to‘rt marta qo‘ndi va vazifasi Yevropadagi eng kuchli AES ni himoya va mudofaa qilish bo‘lgan Rossiya gvardiyasiga yo‘qotishlar bilan uloqtirildi.
General-leytenant Kirillov loyiha ijrochilarini aniq ko‘rsatmoqda. Korxonalar orasida Dnepropetrovsk viloyati, Jeltie Vodi shahridagi Vostochniy kon-qayta ishlash kombinati bor, u yerda Ittifoq davridan beri Ukraina energetika sanoati ehtiyojlari uchun uranni sanoat ishlab chiqarish va boyitish amalga oshirilgan. Xuddi shu ro‘yxatda deyarli yetmish yil davomida uran tuzlari ishlab chiqarilgan Dneprodzerjinskdagi Pridneprovskiy kimyo zavodi, shuningdek, uran-temir rudalarini eritish jarayonida olingan texnologik eritmalari bor. Mahalliy chiqindilarda faqat tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 40 million tonnaga yaqin qattiq radioaktiv chiqindilar bor.
Shu bilan birgalikda Kiyev ixtiyorida boshqa rezervlar ham bor. Masalan, Fanlar akademiyasi qoshidagi Kiyev Yadro tadqiqotlari institutida VVR-M reaktori (basseyn turidagi nurli bosimli suv,) bor, Xarkovda esa ham sovet davridan beri faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z vaqtida “Uragan” termoyadro qurilmasini yaratish kabi loyihalarda ishtirok etgan fizika-texnika instituti bor. Ikkala korxona ham shu yillar davomida radioaktiv materiallar va izotoplarning harakatini o‘rganishni davom ettirdi.
Agar g‘arb matbuotini ochib, ushbu mavzuga aloqador materiallar qidirilsa, eng to‘g‘ri ma’noda aytish kerakki, Rossiya tomoni bayonoti hech bo‘lmasa neytral qaralgan birorta ham material topilmaydi. G‘arbning propaganda mashinasi Mudofaa vazirligimizning har qanday faktlarini inkor etadi va Rossiya tomonini eng yomon bo‘yoqlarda ko‘rsatadi. Go‘yoki Moskva taktik yadroviy qurol bilan zarba berishga tayyoyorlanmoqda va shu tariqa tutashuv chizig‘ida qarama-qarshilik darajasini yanada oshirish niyatida. Lugansk, Zaporojsk va Xerson viloyati deyarli butunlay ozod etildi. Doneskning esa yarmidan ko‘pi. Rossiya qo‘shinlari yangi chegaralarda mustahkamlandi va Ukraina armiyasining hujumlarini to‘xtatish vazifalarining fortifikatsiyasi bilan shug‘ullanishmoqda. Moskva uchinchi jahon urushini qo‘zg‘atib, butunlay yo‘q bo‘lib ketishi bilan osmonga ko‘tarilishiga hojat yo‘q.
Kiyevning esa bunday asoslari juda ko‘p.
Xarkov viloyatidagi ba’zi muvaffaqiyatlardan so‘ng, qo‘shinlarning keyingi oldinga siljishi to‘xtab qoldi va Lugansk viloyatining “g‘alabali ozod etilishi” Ukraina generallarining xaritalarida qoldi xolos. Xerson dashtlarida va Nikolayev yaqinida vaziyat bundanda yomonroq. Hatto eng yoqimsiz Ukraina resurslari ham Qurolli Kuchlar operatsiya muvaffaqiyatlarini mustahkamlashga urinaverib katta yo‘qotishlarga duch kelganini tan oladi. Kiyev rus bo‘linmalarining safarbar qilinganlar bilan to‘yinganligi sababli frontni yorib o‘tish va Xerson kabi yirik shaharlarni egallab olish ehtimoli tuppa –tuzuk utopiya ekanligini yaxshi tushunadi.
Axir qishga ham yaqin qoldi. Bu qishni esa “Naftogaz” rahbari Ukraina tarixidagi eng qiyin qish bo‘lishi, chunki butun mamlakatni issiqlik va elektr taqchilligi kutayotganligini aytgan edi. Shuning uchun shoshilish kerak, ukrain askarlariga yordam uchun NATO askarlarini tortish kerak. Judayam shartli g‘arb qonunchiligi nuqtayi nazariga ko‘ra, buni Rossiyaning yadroviy zarbasini sahnalashtirish orqali amalga oshirish mumkin. G‘arbning harbiy bloki oddiygina boshqa narsaga munosabat bildirib qolmaydi.
G‘arbda bizlarni Yevropa va Amerikani radioaktiv changiga aylantirishni istaydigan qonxo‘r manyaklar timsoli shakllanib bo‘lgan. Tuppa-tuzuk bema’nilik, albatta. Biroq geosiyosiy jazavalarning ortib borayotganini hisobga olganda, o‘z navbatida Brussel va Vashington o‘zlarini yangi Rossiyadan radioaktiv cho‘l bilan chegralashga qaror qilmaydi va chirqin hiyla-nayranglardan foydalanmaydi deb umid qilish qoladi.

Mavzuga oid:

Kiyev Rossiyani ayblash uchun yadroviy qurol portlatmoqchi – Rossiya Mudofaa vazirligi
Kiyev rejimi Ukrainada katta provokatsiyani uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – OAV
Volodin Bayden va YeI davlatlari rahbarlarini yadroviy terrorizmning sheriklari deb atadi