Diyora Keldiyorova o‘z vaznida jahonning to‘rtinchi raqamli dzudochisiga aylandi

Xalqaro dzudo federatsiyasi Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Diyora Keldiyorova o‘z vaznida jahonning to‘rtinchi raqamli dzudochisiga aylandi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Xalqaro dzudo federatsiyasi Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekistonlik sportchilar reytingda sezilarli o‘sishga erishishdi.
Jumladan, Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida jahonning to‘rtinchi raqamli sportchisiga aylandi.
BAAda bronza medaliga sazovor bo‘lgan Shahram Ahadov esa 24-pog‘onaga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, BAAning Abu-Dabi shahrida dzudo bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgandi.
Turnirda -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan buxorolik sportchi Shahram Ahadov bronza medalini qo‘lga kiritgan.