TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Rishi Sunak rasman mamlakatning Konservatorlar partiyaning yangi rahbari deb e’lon qilindi va, ehtimol, ertaga bosh vazir etib tayinlanadi.
Bosh vazir nomzodiga ovoz berish jarayonida u Konservatorlar partiya rahbarligi uchun yagona nomzod bo‘lib qoldi, chunki Jamoatlar palatasi raisi Penni Mordont Sunak foydasiga o‘z nomzodini qaytarib olishini bildirgan.
“Biz bo‘lajak bosh vazirimizni sayladik. Bu tarixiy qaror va u partiyamizda kelib chiqishi turli bo‘lgan iqtidorli kishilar borligini ko‘rsatadi. Rishini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman”, - deya yozgan Mordont Twitter᾽dagi sahifasida.
Rishi Sunak agar bosh vazir etib tayinlansa, u Buyuk Britaniya tarixida ilk marta bu lavozimni egallagan kelib chiqishi hind bo‘ladi.
Bir necha kun avval Buyuk Britaniya bosh vaziri va Konservatorlar partiyasi yetakchisi Liz Trass o‘z vorisi saylanmaguncha hukumat rahbari lavozimida qolishini ta’kidlab, iste’foga chiqishini e’lon qildi. Trass bor yo‘g‘i 45 kun bosh vazir lavozimini egalladi va u Britaniya tarixidagi eng qisqa muddatli bosh vazirga aylandi.