Asadov prezidentning haftalik ish rejasini ma’lum qildi

Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, hozirda qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Hafta davomida prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hakmkorligini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasisdan fikr almashish o‘rin olgan.
“Bundan tashqari, hozirda qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda”, deydi Sherzod Asadov.
27 oktabr kuni davlat yetakchisi “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahriga tashrif buyuradi.
Shu bilan birga, mazkur ish haftasidan boshlab hudud rahbarlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha prezident huzurida hisobot berishni boshlashadi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimidagi joriy va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 oktabo kuni Ostonada “Markaziy Osiyo - Rossiya” sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etdi. Sammit davomida ishtirokchilar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mavjud geosiyosiy vaziyatda, jumladan, oziq-ovqat, xomashyo va logistika narxlari oshishi sharoitida umumiy savdo-iqtisodiy va boshqa manfaatlarni himoya qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Sammit davomida davlat yetkachilari shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat kontekstida mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha ham fikr almashishdi.